Toşkent şahar hokimligi Rossiya Davlat dumasining mudofaa qömitasi raisi Vladimir Şamanov boşçiligidagi Rossiya qahramonlari assotsiatsiyasi jamoat taşkilotining 28 kişidan iborat delegatsiyasini qabul qilib, ular uçun 27,6 mln sömlik mehmondorçilik taşkil etgan.
Bu – Toşkentda birgina bir martalik keçki ovqat uçun sarf bölgan budjet mablağlari. Delegatsiya esa faqat Toşkentda emas, bir neçta viloyatlarda ham bölgan, hokimliklar ular uçun dasturxon yozişgan.

Toşkentdagi mehmondorçilik şahar hokimligi va «First Class» MÇJ örtasida tuzilgan şartnomaga muvofiq, 2021 yil 24 aprel kuni «Crystal garden» restoranida keçki ovqat tarzida bölib ötgan.


Keçki ovqatda iste’mol qilingan taomlar röyxatini qimmatligi böyiça assorti va dengiz mahsulotlaridan assorti 720 ming söm bilan boşqarib turibdi. Bu taomlarning har biridan ikkitadan buyurtma berilgan.
Şuningdek, mehmonlar uçun Chivas 12 viskisidan tayyorlangan, stakani 62 ming sömlik limonaddan jami 20ta, 385 ming sömlik «Royal Elite» aroğidan 6 dona buyurtma berilgan.

Restorandagi birgina keçki ovqat uçun şartnomaga asosan jami 27 mln 601 ming söm miqdoridagi budjet mablağlari işlatilgan.
Şunisi e’tiborga molikki, restorandagi mahsulotlar bozor narxidan ança qimmatga taqdim etilgan.
Jumladan, 15 dona «import» Coca-Cola içimligi 33 ming sömdan olingan. Bozorda uşbu içimlikning donasi qariyb 5500 sömdan taklif etiladi

















