Buxoro şahrida yuqori lavozimli işga ötkaziş uçun 300 AQŞ dollari talab qilgan şaxs uşlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, huquqni himoya qiliş organlari tomonidan firibgarlik qilgan Buxoro şahar Şayxon köçasida yaşovçi, 1985 yilda tuğilgan «Buxoro köklam» unitar korxonasi mas'ul xodimi H.M. uşlangan.

Mazkur şaxs Jondor tumani Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boş mutaxassisi vazifasida işlovçi E.Ş.ni viloyat Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasida işlovçi tanişlari orqali yuqori lavozimli işga ötkazişini aytib, 300 dollarni firibgarlik yöli bilan olayotgan vaqtda qölga olingan.

Ta'kidlanişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.