Investitsiya va taşqi savdo vazirligi 2021 yilning yanvar-aprel oylarida respublikada amalga oşirilgan taşqi savdo aloqalari haqida ma'lumot berdi.
Qayd etilişiça, mazkur davrda Taşqi savdo aylanmasi 378,8 mln dollarga (3,5 foiz) kamayib, 10,32 mlrd dollarni taşkil etgan.
Bugungi kunda Özbekiston dunyoning 156 mamlakati bilan savdo aloqalariga ega. Taşqi iqtisodiy faoliyatidagi 20ta yirik hamkor davlatlar orasida faqatgina olti mamlakat: Afğoniston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkiya, Kanada va Eron bilan faol taşqi savdo balansi (ijobiy saldo) kuzatilgan.
Tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlari (+217 mln dollar), mis va mis mahsulotlari (+122 mln dollar), yengil avtomobillar (+59 mln dollar), un (+29 million dollar), maişiy texnika (+22 million dollar) va boşqa tovarlar eksporti ösişi hisobiga joriy yilning yanvar-aprel oylarida 660 mln dollarlik qöşimça eksport ta'minlangan.
Gazning asosiy hajmlari içki bozorga yönaltirilgani sababli tabiiy gaz eksporti 82 mln dollarga kamaygan.
Özbekiston 2020 yilning sentabr oyidan 2021 yilning aprel oyigaça oltin eksportini amalga oşirmagan. Ammo 2021 yil 1 iyun holatiga, Özbekiston oltin-valuta zaxiralaridagi oltin hajmi 11,7 million troya unsiyadan 11,3 troya unsiyaga (taxminan 12,44 tonna) kamaygani qayd qilingan. Jahon bozorida qimmatbaho metall narxi oşişi natijasida ötgan oyda Markaziy bank oltin sotgan bölişi mumkin.
E'tiborlisi, körilayotgan davrda Turkiya (528,2 mln dollar) Rossiyani (494,8 mln dollar) ortda qoldirib, Özbekistonning eksport böyiça hamkorlari orasida ikkinçi örinni egallagan.












