Özbekistonga kirib kelgan transçegaraviy pul ötkazmalari hajmi 5 oyda 2,6 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma'lumotida aytilgan.

Qayd etilişiça, bu körsatkiç 2020 yilning mos davriga (1,8 mlrd dollar) nisbatan 43 foizga, 2019 yilning mos davriga (2 mlrd dollar) nisbatan 30 foizga ösdi hamda aholining iste'mol va investitsion faolligini qöllab-quvvatlovçi omil bölib xizmat qilmoqda.

Joriy yilning yanvar-may oylarida eksportdan tuşumlar hajmi (oltin va gazni hisobga olmaganda) 3,9 mlrd dollarni taşkil etib, 2020 yil mos davridagi körsatkiçdan (2,5 mlrd dollar) 1,5 barobarga, 2019 yildagi körsatkiçdan (2,8 mlrd dollar) 39 foizga yuqori böldi.
 
Markaziy bank ma'lumotiga köra, uşbu omillar, öz navbatida, içki valuta bozorida taklif hajmining barqaror bölişi va milliy valuta kursi şakllanişida muhim rol öynadi. Yilning dastlabki beş oyi davomida söm almaşuv kursi 10 455-10 610 söm/AQŞ dollari oraliğida tebranib turdi.