AstraZeneca kompaniyasi Yevroittifoqning vaksina yetkazib beriş muddatining buzilişi töğrisidagi da'vosi böyiça sud işida yutib çiqdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.
Yevropa komissiyasining Yevroittifoq mamlakatlari nomidan bergan da'vosida AstraZeneca iyun oxirigaça 120 mln doza vaksina yetkazib berişi, sentyabr oxirigaça jami yetkazib berilgan vaksinalar miqdori 300 mln dozani taşkil etişi kerakligi aytilgandi.
Sud qaroriga köra, kompaniya 27 sentyabrga qadar koronavirusga qarşi 80,2 mln doza vaksina yetkazib berişi lozim.
Kompaniya xabariga köra, bugunga qadar Yevropa ittifoqiga 70 mln dozadan ortiq vaksina yetkazib berilgan.
Yevropa komissiyasining boşqa barça talablari rad etildi. Qayd etilişiça, Yevropa komissiyasi «boşqa kelişuvçi tomonlar oldida alohida yoki ustuvor huquqqa ega emas».
Yevrokomissiya 26 aprelda AstraZeneca kompaniyasini sudga berganini rasman tasdiqlagandi.












