O‘zbekiston | 09:00 / 19.06.2021
12522
10 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish haqida «O‘zbektelekom» AK brifingi

Joriy yil 18 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligida «O‘zbektelekom» AK Bosh direktori o‘rinbosari Alisher Zufarov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifing davomida OAV vakillariga «O‘zbektelekom» AK tomonidan yangi texnologiyalar asosida O‘zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘zlab berildi.

Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur muhitni yaratish, aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini tegishli davlat xizmatlari bilan ta'minlash orqali O‘zbekiston Respublikasining jadal suratlarda raqamlashtirilishi, raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni ta'minlash maqsadida, 2020 yil 5 oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar, xususan Kompaniyaning telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida dunyoning yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilaridan zamonaviy telekommunikatsiya uskunalarini joriy etish bo‘yicha loyihalar namoyish etildi.

«O‘zbektelekom» AK tomonidan mamlakatimizda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan, barcha uchun xizmat narxini arzonlashtirish, har toifadagi abonentlar uchun xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, joriy yil 1 maydan operator va provayderlarga xalqaro paketli kommutatsiya markazi (XPKM) orqali taqdim etiladigan kanal narxi oldingi tariflarga nisbatan 20% gacha arzonlashtirilib 32 ming so‘m etib belgilangan. Mazkur xizmat narxi so‘nggi 3 yil ichida 7,5 barobardan ko‘proqqa arzonlashtirilganini ko‘rsatmoqda.

Xalqaro paketli kommutatsiya markazining o‘tkazuvchanligini samarali zaxiralash maqsadida, «O‘zbektelekom» AK modernizatsiya ishlarini olib bormoqda va ushbu ishlar doirasida mavjud 1 200 Gbit/s tezligi 3200 Gbit/s gacha oshiriladi. Ayni paytda zarur uskunalar olib kelingan va joriy yilning 3-choragi oxiriga qadar montaj va ishga tushirish ishlari amalga oshiriladi.

Magistral transport tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiya qilish doirasida 2020 yilda «O‘zbektelekom» AK transport tarmog‘ining o‘tkazuvchanligi viloyat markazlariga qadar 600 Gbit/s.gacha va tuman markazlariga qadar 60 Gbit/s. gacha, magistral transport tarmog‘ining umumiy quvvati 23 Tbit/s.ga yetkazildi. Shuning natijasi o‘laroq 2021 yil 1 yanvardan operator va provayderlar uchun transport kanallari xizmati narxi 2 barobarga arzonlashtirildi, joriy yil 1 maydan narx yana 30% ga arzonlashtirildi.

Internet xizmatlariga bo‘lgan talabning tobora ortayotganligini hisobga olgan holda yuqorida keltirilgan loyihalar amalga oshirilishi, butun mamlakat bo‘ylab barcha operatorlar va provayderlar, tashkilotlar va barcha aholi qatlamlari uchun tashqi va mahalliy kontentni yetkazib berishda telekommunikatsiya tarmoqlari uzatish quvvatlari keskin o‘sishini ta'minlaydi.

Brifingda nafaqat transport tarmog‘i, balki mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish haqida ham so‘z yuritildi.

Aholiga simli keng polosali ulanish xizmatlarini taqdim etishni rivojlantirish, yuqori tezlikdagi Internet xizmatlaridan foydalanish uchun yanada keng imkoniyatlarni yaratish maqsadida 2020 yilda 1,2 million keng polosali ulanish portlari o‘rnatilib, Kompaniya keng polosali ulanish portlari soni 2,3 milliontaga yetkazildi. 2021 yilda «O‘zbektelekom» AK tomonidan qo‘shimcha ravishda yana 1 milliondan ko‘proq port o‘rnatib, ularning umumiy soni 3,3 millionga yetkazish rejalashtirilgan. Shu tarzda butun mamlakat bo‘ylab yanada ko‘proq aholi uchun yuqori tezlikdagi Internet xizmatlaridan foydalanish ulanish imkoniyati yaratiladi.

Abonentlar uchun ajoyib sovg‘a sifatida 2021 yil boshidan UNLIM seriyasining yangilangan tariflari amalga kiritilganini keltirish mumkin. Yangilangan tariflar to‘plamida yanada yuqori tezlikda Internet tarmog‘iga ulanish ta'minlandi. Tezlik o‘rtacha 1,5-2 barobarga oshirilgan bo‘lsa, abonent to‘lovi esa avvalgidek o‘zgarishsiz qolgan.

Shu bilan birga, tezlik darajasi yuqori bo‘lgan tarif rejalarda abonent to‘lovi yanada arzonlashtirilgan. Abonentlarimizning ko‘plab iltimoslariga ko‘ra, ilk marotaba aholi uchun haqiqatan 300 Mbit/s tezlikka ega bo‘lgan tezkor cheksiz tarif rejalar, shuningdek 1 000 Mbit/s.lik «gigabit tezlik»dagi tariflar joriy etildi!

Ko‘plab tariflar ikki karra cheksizga aylandi, sababi nafaqat Internet trafikka, balki IP-telefoniya uchun butun O‘zbekiston bo‘ylab suhbatlar daqiqasiga cheklovlar olib tashlandi. Endi cheksiz va uzoq vaqt davomida yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish hamda sifatli telefoniya orqali suhbat qurish imkoni mavjud!

Koronavirus pandemiyasi barcha aholi qatlamlari uchun yuqori tezlikdagi Internet xizmatlari qanchalik zarurligini ko‘rsatdi va ularga bo‘lgan talab birdaniga ortib ketdi hamda 2020 yil boshidan hozirgacha «O‘zbektelekom» AKning keng polosali ulangan nuqtalar soni 459 mingdan 1,2 mln.ga etgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Shuningdek, pandemiya davrida masofadan turib ta'lim olish, xodimlarning masofaviy ishlashi va hatto butun ofislar uchun turli videokonferensaloqa platformalari butun dunyoda eng kerakli vosita bo‘lib qolmoqda. Onlayn ish va o‘qishni tashkil etish xarajatlarini optimallashtirish uchun UZTELECOM ma'lumotlar markazi bazasida videokonferensiyalar uchun qulay va ko‘p tarmoqli platforma xizmatlarini taklif etdi hamda abonentlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida 2020 yil noyabr oyida 1 oy davomida bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etdi. Yana bir muhim jihati shundaki, bu xizmat mahalliy “Uz-IX” va “TAS-IX” tarmoqlarida tashkil etilgan bo‘lib, xizmatlarning sifatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Hozirgi vaqtda ham optik-tolali liniyalar orqali telekommunikatsiya xizmatlarini ulash bo‘yicha so‘rovlarning hajmi kattaligi sabab, ayrim joylarda xizmatlarga ulanish muddatlari cho‘zilayotganligi kuzatilmoqda. O‘z navbatida aholi ehtiyojlarini qondirish uchun Kompaniya tomonidan barcha imkoniyatlar safarbar qilinib, mavjud resurslar ishga solinmoqda.

«O‘zbektelekom» AK butun mamlakat bo‘ylab optik tolali aloqa liniyalarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda.

Bugungi kunda «O‘zbektelekom» AK tomonidan butun O‘zbekiston bo‘ylab, optik tolali aloqa tarmog‘ini yanada kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Masalan, bugungi kunda yotqizilgan optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 72,1 ming. km ni tashkil etadi. Birgina 2020 yilda 37 ming. km optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi.

2021 yilda yana 50 ming km qurish va optik tolali aloqa liniyasining umumiy uzunligini 122 ming. km ga yetkazish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 21,5 ming. km.dan ortiq optik tolali aloqa liniyalari qurilganligini alohida ta'kidlash joiz.

Taqqoslash va umumiy statistika uchun shuni qo‘shimcha qilamizki, 2017 yilda O‘zbekistondagi optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 23 ming km.ni tashkil etgan edi.

Shu bilan birga, Respublika bo‘ylab Kompaniya simsiz keng polosali Internetga ulanish texnologiyalari – WTTx texnologiyalarini joriy etish ustida ish olib bormoqda.

WTTx – bu simsiz texnologiyadan foydalangan holda foydalanuvchilarga optik tola kabi simsiz keng polosali ulanish xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha yechimlarni o‘z ichiga oladi.

Mamlakatimizda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan «Raqamli O‘zbekiston - 2030» Davlat strategiyasida raqamli infratuzilmani rivojlantirish, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, milliy raqamli texnologiyalar bozori, ta'lim va axborot texnologiyalari sohasida malaka oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan.

Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va ilg‘or jahon tajribasiga asoslangan eng zamonaviy aloqa xizmatlarini joriy etish eng qisqa vaqt ichida «Raqamli O‘zbekiston»ga o‘tish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Brifing videosi: youtube.com/watch?v=GwgyuwHsG9o

Bizning veb-saytimiz: uztelecom.uz

Yagona call-markaz: 1099

Facebook: fb.com/uztelecom

Texnik qo‘llab-quvvatlash: fb.com/groups/tshtt.uz

Instagram: @uztelecomuz

Telegram: t.me/uztelecomuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid