Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda firibgar fuqarolarni salkam 7 million so‘mga «chuv tushirdi»
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida haydovchilik guvohnomasi olib beraman degan firibgar fuqarolarni 6,8 mln so‘mga chuv tushirdi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi Muhiddin Malikovga tayanib hokimlik axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, «prava» olib berishni va'da qilgan A.F. tumanning G‘o‘roti qishlog‘ida yashovchi B.B.ga haydovchilik kursiga o‘qishi uchun to‘lovlarni o‘zi amalga oshirib qo‘yishini aytib, 1 mln 200 ming so‘m pullarini ishlatib yuborgan.
Bundan tashqari A.F. «Mustaqillik» mahallasida yashovchi fuqarolar — J.G., X.S.larning 4 mln so‘m pulini, Yasha qishlog‘ida yashovchi E.N.ning 1 mln 600 ming so‘m pulini olib, sarflab yuborgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tuman sudining navbatdagi ochiq sayyor sud majlisida JKning 168-moddasi 3-qismining «b» bandi (firibgarlik) bilan ayblangan fuqaro A.F.ning qilmishi ko‘rib chiqilgan. Sud firibgarga 2 yilga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlagan.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026