Çirçiq davlat pedagogika instituti yoki Toşkent davlat pedagogika universitetiga ikki nafar fuqaroni öqişga kiritib qöymoqçi bölgan şaxs qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Ma'lum bölişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Şayxontohur tuman bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Çirçiq davlat pedagogika instituti öqituvçisi Ş. E. fuqaro B. T. va E. J.larni uşbu institut yoki Toşkent davlat pedagogika universitetiga tanişlari orqali öqişga kiritib qöyiş evaziga 6 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












