Braziliyadagi Fiocruz soğliqni saqlaş instituti mamlakatda tang holat yuzaga kelganini ma'lum qildi. Aholini emlaş körsatkiçi 15 foizdan oşmagan, şu bilan birga, butun mamlakat böylab kovidga qarşi çoralar yengillaştirilgan.

Muxolifat prezident Jair Bolsonaruni siyosiy sabablar tufayli vaksina sotib oliş jarayonini sekinlaştirayotganlikda va koronavirus solayotgan xavfga e'tiborsizlik bilan qarayotganlikda ayblamoqda.

Braziliyada epidemiologik vaziyat yomonlaşişi Covid-19’ning nisbatan oson yuquvçi ştammi tarqalgani bilan boğliq, dastlab Amazoniyada qayd etilgan bu ştammga «Gamma» nomi berilgan: ötgan haftada mamlakatda kuniga örtaça 70 ming kişi şu variantga çalingani ma'lum bölgan.

Braziliyaning köplab ştatlaridagi şifoxonalarda mavjud örinlarning 80 foizi band qilingan, ekspertlar sovuq kunlar kelişi bilan janubiy yarimşardagi hududlarda kasallaniş keskin ösişidan xavotir bildirişmoqda.

Braziliya soğliqni saqlaş vaziri Marselu Keyroga tvitterdagi sahifasida koronavirus qurboni bölganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. «Bizning Braziliya va butun dunyoga zarba bergan pandemiya 500 ming kişini hayotdan olib ketdi. Men barça braziliyaliklar qisqa muddatda emlab bölinişi va bir yildan ortiq vaqtdan buyon barçamizni qiynab kelayotgan bu ssenariyni özgartiriş uçun tinim bilmay işlayman», deya yozgan u.

Bugungi kunda Braziliya Covid-19 tufayli vafot etganlar soni böyiça jahon reytingida AQŞdan keyingi ikkinçi örinda joylaşgan. Mart oyidan buyon mamlakatda har kuni örtaça 1,5 mingdan ortiq kişi vafot etmoqda. Braziliyaning soğliqni saqlaş böyiça milliy nazorat agentligi (Anvisa) sobiq direktori Gonsalu Vesinaning sözlariga köra, vaksinatsiya jarayoni sekin ketayotgani vaziyatni yanada oğirlaştirişi mumkin.

«Bizda ölimlar soni 500 mingga yetdi, afsuski, bu raqam ösişda davom etadi, çunki aholini emlaşni kengaytiriş uçun hali köp vaqt kerak. Ehtimol, bu yil ham juda oğir keçar, çunki biz sotib olişga juda keç harakat qilingani tufayli vaksinalar yetkazib berilişini kutişga majburmiz», degan u.

Şanba kuni Braziliyada Bolsonaru hukumatiga qarşi keng kölamli namoyişlar bölib ötdi. Aksiya iştirokçilari aholini emlaş dasturini tezlaştirişni ham talab qilişgan.

Xitoy milliarddan ortiq vaksina qöllandi