Armiya Livanda betaraf kuch sifatida qaraladi, harbiylar deyarli bir yildan buyon hukumatsiz yashayotgan va fuqarolik urushi yoqasiga kelib qolgan davlatda amalda tartibni saqlab kelmoqda.

2019 yil bilan taqqoslaganda milliy valuta 90 foizlik qiymatini yo‘qotgan, bu esa armiya budjeti va askarlarning maoshini deyarli yo‘qqa chiqargan.

Livan: maoshlar qulamoqda, askarlar ochlik yoqasida, jinoyatchilik o‘smoqda

Bu vaqtda Yevroittifoq Livan prezidenti Mishel Aun bilan (armiya bosh qo‘mondoni bilan familiyadosh) shanba kungi muzokaralarda hukumat shakllantirish yo‘lida to‘siqlar yaratishni to‘xtatishga chaqirdi, yangi hukumatsiz xalqaro hamjamiyat ushbu mamlakat taraqqiyoti uchun moliyaviy yordam ajrata olmaydi.

Payshanba kuni Fransiya Livan harbiylari uchun mablag‘ to‘plashga qaratilgan virtual donorlik konferensiyasi o‘tkazdi. Unda 20 davlat, shu jumladan, AQSh, Rossiya, Yevropa va arab davlatlari ishirok etdi.

«Frans press» agentligi xabar qilishicha, Livan armiyasi rahbari do‘stona davlatlardan qurol-yarog‘ yoki harbiy mashg‘ulotlar o‘rniga «muayyan narsalar» taqdim etishni so‘ragan: sut, un, dori-darmon, yoqilg‘i, jami qiymati bir necha o‘n ming yevro chiqadigan harbiy texnika qismlari.

Livan armiyasi betaraflik saqlaydi va mamlakatdagi 18ta diniy guruhlar hamda ko‘p sonli siyosiy fraksiyalar o‘rtasida katta obro‘ga ega hisoblanadi.

G‘arb davlatlari ham armiyani mamlakatda katta ta'sirga ega bo‘lgan eronparast «Hizbulloh» guruhiga qarshi tura oladigan kuch sifatida ko‘radi. AQSh, YeI, Buyuk Britaniya va qator davlatlar ushbu harbiylashgan tashkilotni to‘liq yoki qisman terrorchi tashkilot sifatida tan olgan.

«Livan armiyasi - Livan tayanchi, harbiylar mamlakatdagi xavfsizlik  bilan bog‘liq vaziyat yomonlashib ketishining oldini oladi, shunday ekan, ularga ushbu vazifani bajarishlari uchun yordam ko‘rsatishimiz kerak», degan jurnalistlarga Fransiya qurolli kuchlari vakili.

Mart oyida general Jozef Aun butun dunyoga livanlik askarlar xuddi mamlakatning boshqa fuqarolari kabi ochlikdan qiynalayotgani haqida ma'lum qilgach, Parij donorlik konferensiyasini tashkillashtirishga kirishgandi.

«Mamlakat tayanchi»