Samarqand xalqaro aeroportida xorijga psixotrop dorilarni olib çiqmoqçi bölgan şaxs uşlangan. Bu haqda viloyat bojxona boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Samarqand xalqaro aeroporti orqali xorijga çiqib ketmoqçi bölgan fuqaro X.S. çegaradan psixotrop dori vositalarini olib ötmoqçi bölgan. Uşbu fuqaro bojxona nazoratidan ötiş paytida yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan, heç qanday hujjatlarsiz jami 119 dona «Fenazepam» nomli psixotrop dori vositalarini olib ketmoqçi ekanligi aniqlangan.

Qayd etilişiça, ayni kunda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma'lumot uçun, amaldagi qonunçilikka köra, jismoniy şaxslarda psixotrop moddalar bölsa, uni bojxona çegarasini kesib ötişdan oldin deklaratsiyada qayd etişlari şart. Şundan söng bojxona xodimiga jismoniy şaxsning yaşaş yoki böliş mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan dori vositasining nomi, uning dori şakli va davolaş kursining tavsiya etiladigan soni körsatilgan hujjat taqdim etilişi kerak böladi.