Yil boşidan buyon davlat dasturi asosida 45 ming xonadonli köp qavatli uylar foydalanişga topşirildi. Bundan taşqari, yangi tartib asosida şaharlarda 17 354 ta, qişloq joylarda 9 260 ta xonadonli köp qavatli uylar, şuningdek, 6 500 ta yakka tartibdagi uylar qurilişi kerak.

Bu borada Quriliş vazirligiga qator vazifalar yuklatilgan. Vazir örinbosari Nasrullo Boboyev bilan suhbatimizda uy-joy quriş, unga bölgan talab va boşqa masalalar xususida söz bordi.

— Özbekiston şaroitida aholining uy-joyga bölgan talabi örganilganmi? Bir yilda qança uy-joy kerak böladi?

— Bugungi kunda talabni qondiriş uçun har yili 100-150 ming xonadon qurib foydalanişga topşirişimiz zarur. Prezident farmoni bilan sohadagi işlar tartibga olindi. 2020 yilda bir million metr kvadratdan oşiq uy-joylar qurildi. Bu – oldingi yillarga soliştirganda katta körsatkiç.

Joriy yilda esa 54 mingta uy-joy qurilişi belgilangan. Bu miqdordagi uy-joy yangi tartibga binoan respublika böylab taqsimlangan. Şundan 20 mingta köp kvartirali uylar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan insonlarga beriladi.

Şuningdek, qişloqlarda “Qişloq quriliş invest” iştirokida 8,5 mingta, şaharlarda esa “Özşahar quriliş invest” buyurtmaçiligida 3,5 ming köp qavatli, köp kvartirali uylar quriladi.

Bundan taşqari, yakka tartibdagi uy-joylarga ham talab borligi tufayli 6,5 mingta yakka tartibdagi uylarga kredit ajratiş orqali aholiga xarid qiliş imkoniyati yaratildi.

Quriliş vaziri örinbosari Nasrullo Boboyev

— Yakka tartibdagi uy-joyni yangi tartibda namunaviy loyiha asosida quriş nimani anglatadi?

— Qurilayotgan köp qavatli yoki yakka tartibli uylar massiv şaklida bölişi, uning tarkibida ijtimoiy, maişiy xizmat körsatiş obektlari bölişi kerak. Şuningdek, massiv aholisini iş bilan ta'minlaş uçun uning atrofida işlab çiqariş korxonalarini quriş nazarda tutilgan.

Quriliş vazirligi köp qavatli uylarning 9 turdagi namunaviy loyihalarini işlab çiqdi. Unda asosiy urğu binolarning energiya tejamkor bölişi, ularning yonğin, seysmik va boşqa jihatlardan xavfsiz bölişiga qaratildi.