Buxoro viloyati Romitan tumanida Xitoy fuqarosini tunagan şaxslarga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 21 iyun kuni soat 20:00dan 22 iyun kuni soat 06:00gaça bölgan vaqt oraliğida, noma'lum şaxs 1976 yilda tuğilgan Xitoy fuqarosi W.B. rahbarlik qilib kelayotgan Qoqiştuvon qişloğida joylaşgan Xitoy yöl-quriliş korxonasi idorasiga ğayriqonuniy ravişda kirgan. Söng u yerdan seyf va uning içida bölgan 60 ming AQŞ dollari, 20 ming Xitoy yuani hamda 56 million söm pullarni öğirlab ketgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, viloyat hamda Romitan tuman IIB xodimlaridan tergov-tezkor guruhi tuzilib, suriştiruv hamda tergov harakatlari ötkazilib, jinoyat foş etilgan.
Aniqlanişiça, uşbu jinoyatni Romitan tumani Qoqiştuvon mahallasida yaşovçi, 1984 yilda tuğilgan P.S. va uning mahalladoşi 1974 yilda tuğilgan X.U. oldindan jinoiy til biriktirib sodir etgan. Gumon qilinuvçilardan aşyoviy dalillar tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan hamda jabrlanuvçi W.B. rahbarlik qilayotgan yöl-quriliş korxonasiga yetkazilgan moddiy zarar töliq qoplangan.
Ta'kidlanişiça, hozirda gumon qilinuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Şuningdek, gumonlanuvçilarga qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Buxoroda birovning xonadoniga öğirlikka tuşgan jinoiy guruh qölga olindi
Buxoroda öğirlik jinoyatini sodir etib, qoçib yurgan şaxs Qozoğistonda qölga olindi

















