
Aprel oyida Toşkent şahridagi “Şahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi hududida quriliş va ta'mirlaş işlari bajarilişi böyiça tarqalgan xabar jamoatçilik muhokamalariga sabab bölgandi.
Öşanda poytaxt hokimligi va Quriliş vazirligi bergan izohlarda, majmuada hukumat qarori bilan qatağon qurbonlari nomi aks etadigan ramziy kitob, muzey xodimlari uçun bino, milliy hunarmandçilik va savdo dökonlari, amfiteatr, veloyölaklar qurilişi bildirilgan.
Quriliş vaziri örinbosari Nasrullo Boboyev 28 apreldagi matbuot anjumanida jurnalistlar savobiga javoban qurilişga qança pul ajratilişi va pudratçilar hali noma'lum ekani, loyihalar tenderlar asosida amalga oşirilişini aytgandi.

Ammo keyingi voqealar vazir örinbosarining gaplari yolğon ekaniga işora qilyapti. Jamoatçilik, hukumatning oçiq e'lon qilinmay kelayotgan tegişli qarori 2021 yil 3 aprelda qabul qilingani, ya'ni barçasi 3 apreldayoq aniq belgilab qöyilganidan xabar topdi. Ya'ni 28 apreldagi matbuot anjumaniga qadar binolarni kimlar quradi, taxminan qança pul ajratiladi, bari oldindan tasdiqlangan bölgan.
Quriliş-ta'mirlaş işlariga qança mablağ sarflanadi?
Gazeta.uz taqdim etgan qaror suratida “Şahidlar xotirasi” majmuasi quriliş-ta'mirlaş işlariga birinçi bosqiçda Toşkent şahar hokimligining mahalliy budjetidan 20 mlrd söm miqdoridagi mablağlar ajratilişi körsatilgan. Ikkinçi bosqiçda esa yerlarni lotlarga ajratişda sarmoyadorlardan tuşadigan mablağlar hamda yetmagan qismi hokimlik mahalliy budjetining qöşimça mablağlari hisobidan yönaltiriladi.














