Qayd etilganidek, bugungi kunda Toşkent viloyatining bir qança tuman va şaharlari, jumladan, viloyatning Angren va Bekobod şaharlari hamda Qibray va Piskent tumanlari boşqa tuman va şaharlarda joylaşgan “anklav” hududlarga ega. Bu holatlar jinoyatçilik va huquqbuzarliklarga qarşi kuraşning samarali taşkil etilişi, aholining ijtimoiy ta'minoti va davlat organlari bilan özaro munosabatlarini amalga oşirişi, voyaga yetmaganlarning ta'lim jarayonini nazorat qiliş hamda ularni tuman (şahar) darajasidagi ommaviy tadbirlarga jalb qiliş va boşqa jarayonlarda muammolarning yuzaga kelişiga sabab bölmoqda.

Bekobod tumanida joylaşgan Istiqbol mahallasi fuqarolari, Bekobod şahar Yangihayot mahalla hududida joylaşgan maktabda ta'lim olişadi, davolaniş uçun Bekobod şahrida joylaşgan markaziy şifoxonaga borişadi, şuningdek, barça kommunal yönalişdagi xizmatlarni şahar taşkilotlari körsatadi.

Bundan taşqari, Angren şahridagi “Krasnogorsk” qörğonida fuqarolariga kommunal xizmat körsatiş, xususan, elektr ta'minoti, içimlik suvi, gaz ta'minoti hamda bank xizmatlari Parkent tumani tomonidan amalga oşiriladi. “Krasnogorsk” qörğoni fuqarolari davolaniş uçun ham Parkent tumanida joylaşgan markaziy şifoxonaga qatnaydi.

Bildirilişiça, bu uşbu hududlar aholisi hayotida turli qiyinçiliklarning kelib çiqişiga sabab bölmoqda.

Şu sababli, Özbekiston Konstitutsiyasi hamda “Özbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilişi töğrisida”gi qonunga asosan Toşkent viloyatining yuqorida qayd etilgan tuman va şaharlari çegaralarini özgartiriş taklifi ilgari surilmoqda. Jami özgartirilayotgan tuman va şaharlar çegaralarining yer maydoni 17 359,1 gektar bölib, şundan 10 084,8 gektari qişloq xöjaligi yerlaridir.

Natijada, Toşkent viloyati ma'muriy-hududiy birliklar çegaralarini tartibga soliş anklav hududlarni tugatiş hamda mahalliy davlat hokimliklari organlari tomonidan hudud boşqaruvini yanada soddalaştirişga, qolaversa, ma'muriy-hududiy birliklarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilişiga olib keladi.

Şuningdek, Toşkent viloyati şaharlarini 2021–2030 yillarda rivojlantiriş uçun zarur bölgan hududlarni belgilaş, uşbu davrda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, yangi turar-joy massivlarini barpo etiş orqali şaharlarning ösib borayotgan aholisi ehtiyojlarini qanoatlantirişga xizmat qiladi.

Mazkur masala yuzasidan Senatning tegişli qarori qabul qilindi.