2021 yilda Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston sport delegatsiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi zimmasiga quyidagi vazifalarni bajarish yuklandi:
- Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqini beruvchi litsenziyani qo‘lga kiritgan sportchilar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining yakuniy bosqichini samarali va sifatli tashkil etish;
- Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi a'zolarining ishtirok etishi uchun ularni sport anjomlari (shu jumladan, maxsus sport anjomlari), rasmiy libos va sport ekipirovkasi bilan ta'minlash;
- Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi a'zolarining ishtirokini ta'minlash uchun ularni kuzatish, joylashtirish, tantanali ravishda kutib olish tadbirlarini tashkillashtirish.
Ma'lumot uchun qabul qilinishicha:
- 2021 yil 24 iyun holatiga Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqini beruvchi jami 101ta litsenziya qo‘lga kiritilgan;
- Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari boshlangunga qadar olimpiya sport turlari bo‘yicha qo‘shimcha kvotalar ajratish, paralimpiya sport turlari (paradzyudo, parapauerlifting, parasuzish, paraakademik eshkak eshish va boshqalar) bo‘yicha qo‘shimcha 17ta litsenziyani qo‘lga kiritish kutilmoqda.
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini sifatli tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha Respublika komissiyasiga Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari boshlangunga qadar ularda qatnashish huquqini beruvchi qo‘shimcha litsenziyalar sonidan kelib chiqib mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan ilovalarga tegishli ravishda komissiya bayoni bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berildi.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:










