Nogironligi bor şaxslarga böş iş örinlarini topiş va iş beruvçilarga nogironligi bölgan xodimlarni işga olişda yordamlaşadigan ishplus.uz portali işga tuşdi.
“Faoliyatimiz davomida bizga iş topib beriş böyiça juda köp murojaatlar böladi. Qanday qilib ularga yordam beriş haqida öylardik. Va ishplus.uz ğoyasi paydo böldi. Ğoya taşabbuskori va rahbari Dilmurod Yusupov böladi.
Veb-portalimizning yana bir afzallik tomoni, u turli holatdagi jismoniy imkoniyati çeklangan insonlarga moslaştirilgan. Köriş, eşitiş kabi imkoniyati çeklangan insonlar bemalol foydalanişlari mumkin”, — dedi Toşkent şahar “ŞAROIT PLYuS” nogironlar jamoat birlaşmasi raisi Muhabbat Rahimova loyiha taqdimotida.

Ma'lum qilinişiça, loyiha YUNISEF, BMT Taraqqiyot dasturi, Xalqaro mehnat taşkiloti va Mehnat vazirligi kömagi asosida taşkil qilingan. Loyiha uçun 5 ming dollar miqdorida grant ajratilgan.
Loyiha rahbari Dilmurod Yusupov Ishplus.uz saytining qanday işlaşi bilan taniştirdi.
Yusupovning aytişiça, portal barça toifadagi nogironligi bor şaxslar uçun möljallangan. Uning közi ojiz va zaif köruvçilar uçun alohida versiyasi bor. Saytda iş beruvçilar röyxati bölib, röyxatga özi va qanday xodimga talab borligi haqidagi ma'lumotlar joylangan. Şuningdek, iş beruvçi talabida işçining nogironlik belgilari ham körsatib ötiladi. Iş izlovçilar sayt orqali ma'lum bir iş örniga rezyume jönatişlari mumkin.
77-sonli közi ojiz bolalar maxsus maktab internati öqituvçisi Bahodir Qurbonov nogironligi bor şaxslarga beriladigan ma'lumotnomalardagi kamçiliklar haqida töxtaldi.


















