Farmon bilan mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar jarayonlariga qo‘shayotgan katta hissasi, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida erishilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi munosib xizmatlari, zamonaviy jurnalistika tizimlari uchun yuksak malakali professional kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh OAV xodimlari faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.

Quyidagi mukofotlanganlar ro‘yxati to‘liq keltirib o‘tiladi.­

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan

Meliboyev Ahmadjon­ – «Jahon adabiyoti» jurnali bosh muharriri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Qirg‘izboyev Muqimjon – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan

Olimov Sultonmurod Hoshimovich – «Tafakkur» jurnali bo‘lim mudiri

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abdugapparova Umida Muratovna ­– O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira

Boltaboyeva O‘g‘ilxon Nabijanovna – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» telekanalining Namangan viloyati bo‘yicha muxbiri

Jo‘rayev Ravshanxon Ergashovich – «UzReport» axborot agentligi bosh direktori

Yodgorov Erkin Xusenovich – «Buxoronoma» va «Buxarskiy vestnik» gazetalari bo‘lim muharriri, Buxoro viloyati

Jumaqulov Abdirasul Pardayevich – «Hurriyat» mustaqil gazetasi bosh muharriri