“Alpomish merosi” MChJ tomonidan 10 ta “Asiastar” va 10 ta “Isuzu” rusumli avtobuslar olib kelindi. Korxona tomonidan navbatdagi bosqichda yana 120 ta avtobuslar olib kelish rejalashtirilgan.

Korxona tomonidan olib kelingan yangi avtobuslar Andijon shahrining 1 – sonli “Viloyat IIB YHXB – Markaziy shahar shifoxonasi” yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Shuningdek, Andijon shahridagi 22-sonli yo‘nalishli taksi “Pistamozor – Markaziy shahar shifoxonasi” yo‘nalishida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Avtobuslarning yo‘l kira narxlari 1 000 so‘mni tashkil etmoqda. Bekatlarga kelish vaqti 8-10 daqiqani tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, avtobuslar zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, sovutkichlar, kameralar va boshqa qulayliklarga ega.
Abduvali Qurbonov, Kun.uz muxbiri
Tasvirchi va montajchi – Jahongir Mahmudov.














