Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 5,6 foizga o‘sadi – YeTTB
2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 5,6 foiz, 2022 yilda esa 6 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining «Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar» hisobotida keltirilgan.
YeTTB ekspertlarining qayd etishicha, O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari — xizmatlar, sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligi — 2021 yilda o‘sishga erishadi.
Markaziy Osiyoda tiklanish jarayoni barcha davlatlarda bir darajada ketmayotgan bo‘lsa-da, mintaqa bo‘yicha umumiy prognoz yaxshi tomonga qayta ko‘rib chiqilgan. 2021 va 2022 yillarda mintaqada iqtisodiy o‘sish 4,5 foizni tashkil etishi taxmin qilinmoqda. Bu xomashyo narxlari o‘sishi va xalqaro pul o‘tkazmalari tiklanishi hisobiga amalga oshishi aytib o‘tilgan.
Ta'kidlanishicha, bu prognozlar hozirgi holatdan kelib chiqib, optimistik qarashlar natijasida shakllantirilgan.
Mavzuga oid
10:31 / 05.06.2026
YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qildi
10:05 / 11.02.2026
O‘zbekiston qatorasiga oltinchi yil YeTTB eng ko‘p moliyalashtirgan davlat bo‘ldi
12:38 / 01.01.2026
YeTTB Asakabankning 15 foiz aksiyasini sotib oladi
13:15 / 14.10.2025