Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda tadbirkor faoliyatini noqonuniy tekshirib jarimaga tortilgan soliqchining apellyatsiya shikoyati viloyat sudida rad etildi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida maxsus guvohnomasiz tadbirkor faoliyatini tekshirgan soliq xodimi tuman sudi qarori bilan 2,5 million so‘m jarimaga tortilgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi Kitob tuman sudining qarorini o‘zgarishsiz qoldirgan. Bu haqda Biznes-ombudsman devonining Qashqadaryo viloyati mas'uli Sheroz Shodiyev Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yil 24 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudida Kitob tumanida maxsus guvohnomasiz tadbirkor faoliyatini tekshirgani uchun jarimaga tortilgan soliq xodimining apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilgan.
Sud ish tafsilotlarini o‘rganib chiqib, apellyatsiya shikoyatini rad etgan. Kitob tuman sudining maxsus guvohnomasiz tadbirkor faoliyatini tekshirgan soliq xodimiga 2,5 million so‘m jarima belgilash haqidagi qarorini o‘z kuchida qoldirgan.
Qayd etilishicha, Kitob tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori U.T. maxsus guvohnomaga ega bo‘lmagan holda inspeksiyaning 2020 yil 25 sentyabrdagi buyrug‘ini asos qilib tumanda faoliyat olib borayotgan MChJlardan birida kameral soliq tekshiruvi o‘tkazgan.
Sheroz Shodiyevning ta'kidlashicha, Soliq kodeksining 137-moddasiga ko‘ra, kameral soliq tekshiruvi soliq tekshiruvlari turlariga kiradi. Shu sababli qayd etilgan qonunbuzilish holati yuzasidan Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan Kitob tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimi U.T.ga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tuman sudida ko‘rib chiqilgan va uning 2021 yil 31 maydagi qarori bilan huquqbuzarga 2 million 450 ming so‘m jarima jazosi qo‘llangan.
«Amaldagi qonunchilik hujjatlarida tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlar uchun talablar belgilangan. Jumladan, «Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasiga muvofiq, nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatini tekshirishiga ruxsat berilgani to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi», deydi Sheroz Shodiyev.
Mavzuga oid
14:04 / 20.02.2026
Sud qarorlari ijrosini to‘xtatish tartibi qat’iylashtirilishi mumkin
11:52 / 14.08.2025
Abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini topshirish shartlari e’lon qilindi
14:35 / 18.02.2025
“Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi
11:50 / 18.02.2025