2021 yil 1 iyul kuni Toshkent shahrida “Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo” siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘oniston tashqi ishlar mahkamalari rahbarlarining o‘rinbosarlari hamda Yevropa tashqi faoliyat xizmati bosh kotibi o‘rinbosari ishtirok etishi kutilmoqda.

Yig‘ilish qatnashchilari Yevropa ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qiladi.

Shuningdek, tashqi siyosat sohasidagi umumiy tahdidlar va xavf-xatarlar ko‘rib chiqiladi.