O‘zbekistonda havo harorati yanada ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 3-5 iyul kunlari O‘zbekiston hududlari bo‘yicha havo harorati kunduz kunlari 39-41 daraja issiq, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 42-44 daraja issiq atrofida saqlanib turadi.
6-8 iyul kunlari Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati yanada ko‘tarilishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me'yorlardan 5-8 darajaga yuqori bo‘ladi.
Kunduz kunlari havo 41-43 daraja issiqqacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44-46 daraja issiqqacha ko‘tariladi.











