O‘zbekiston | 15:34 / 01.07.2021
2102
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryolik talaba «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti oldi

Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 4-bosqich talabasi Davurxon Karomatov «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga loyiq ko‘rildi. Bu haqda Kun.uz'ga universitet axborot xizmati xabar berdi.

D.Karomatov 2021 yil 28 iyundagi «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga asosan mukofotlandi.

Ma'lumot uchun, Davurxon Karomatov Para dzyu-do turi bo‘yicha 7 karra O‘zbekiston chempioni, Osiyo chempioni hisoblanadi. Joriy yilning 12-13 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida Para dzyu-do bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolar beruvchi xalqaro Gran-Pri musobaqasida -81 kg vaznda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Mazkur natija orqali para dzyu-do bo‘yicha dunyo reytingida o‘z vazn toifasida 1-o‘ringa chiqdi.

Shuningdek, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining 4-bosqich kursanti Bobur Abdurashidov ham ushbu davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid

E`lonlar