Shavkat Mirziyoyev fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida alohida yutuqqa erishgan iqtidorli yigitlarni «Mard o‘g‘lon» mukofoti bilan taqdirladi.

O‘z bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shgan quyidagilar mukofotlandi:

  • Aymuratov Musa Tatlimurat uli — Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);
  • Yo‘ldoshev Abbos Bahrom o‘g‘li — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali 3-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);
  • Qobulov Baxtiyorjon Ortiqboy o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti 4-bosqich kursanti (Andijon viloyati);
  • Samandarov Nuriddin Maxammatjon o‘g‘li — Andijon davlat universitetining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati);
  • Otamurodov Nurmuhammad Shuxrat o‘g‘li — Olot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati);
  • Qosimov Jasur Toxirovich — «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi a’zosi, kandakor usta (Buxoro viloyati);
  • Mo‘minov Shahboz Axmadqul o‘g‘li — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi (Jizzax viloyati);
  • Ro‘ziqulov Dilshod Shuhrat o‘g‘li — O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti (Jizzax viloyati);
  • Jurayev Suxrobjon Saloxiddin o‘g‘li — Shahrisabz davlat pedagogika institutining informatika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi (Qashqadaryo viloyati);
  • Nurmatov Mironshox Nuriddin o‘g‘li — Koson tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi (Qashqadaryo viloyati);
  • Suyunov Shohruh Lazizjon o‘g‘li — Toshkent shahridagi «Suyunov Art Studio» o‘quv markazi rahbari (Navoiy viloyati);
  • O‘ktamov Shohruh Rustam o‘g‘li — Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi (Navoiy viloyati);
  • Yusupov Jasurbek Muratbekovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismi uchuvchi-shturmani (Namangan viloyati);
  • Urunov Asadbek Davlatali o‘g‘li — Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati);