O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari tantanali vaziyatda topshiriladi.

O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlaydi.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati

  • Yendirbayev Davronbek Gulman o‘g‘li – Nukus shahridagi 12-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik bo‘limi o‘qituvchisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
  • Mambetsharipov Yusup Raxatovich – O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining doktoranti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
  • Azimov Sarvarbek Qayumjon o‘g‘li – Andijon mashinasozlik institutining 1-bosqich magistranti (Andijon viloyati)
  • Mo‘minjonov Mirjalol Muqimjon o‘g‘li – Andijon davlat universitetining kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi (Andijon viloyati)
  • Sadulloyev Anvarbek Oybek o‘g‘li – Peshku tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati)
  • Sodikov Muxammadali Kaxramonovich – Buxoro shahridagi «AD Astra» o‘quv markazi rahbari (Buxoro viloyati)
  • Qodirov Umidjon Lapas o‘g‘li – Jizzax davlat pedagogika institutining 3-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)
  • Rayimov Furqatjon Farxod o‘g‘li – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)
  • Nomurodov Olimjon Obidjon o‘g‘li – Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi (Qashqadaryo viloyati)
  • Usmonov Maxsud Tulqin o‘g‘li – O‘zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich magistranti (Qashqadaryo viloyati)
  • Ismoilov Abduqodir Dilshod o‘g‘li – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)