BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamğarmasi bilan hamkorlikda “Toşkent – kam çiqindili avtotransportga investitsiyalarni jalb qilişni tezlaştiriş” loyihasi doirasida poytaxt jamoat transporti uçun elektrobuslar xarid qilinadi. Bu haqda Toşkent şahar transport boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Loyiha Toşkent şahrida elektr transportning yölga qöyilişi orqali ekologik muammolarni kamaytiriş va “kök” transport yölagini joriy etişga möljallangan bölib, boşqa viloyatlarda ham joriy etiş rejalaştirilgan.
6 yil muddatga möljallangan loyiha uçun BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamğarmasi tomonidan umumiy miqdori 3,9 mln dollar atrofida pul mablağlari ajratiladi.
“Loyiha BMT Taraqqiyot dasturining Özbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Özbekiston Transport vazirligi, Toşkent şahar hokimligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, “Toşşahartransxizmat” AJ hamda boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oşiriladi”, deyiladi xabarda.
“Mazkur loyiha doirasida Toşkent şahri uçun 20ta elektrobus xarid qilinadi. Ular uçun tungi quvvatlaş uskunalari ham keltiriladi.Tez kunda bu elektrotransportlarning turlari va boşqa ma'lumotlar yuzasidan batafsil ma'lumot beriladi” deyilgan axborot xizmatining Kun.uz’ga bergan ma'lumotida.













