“Porter” hamda “Kobalt” avtomaşinalariga yaşirilgan televizorlar töxtatib qolindi. Bu haqda Farğona viloyat bojxona boşqarmasi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Ma'lum bölişiça, Farğona viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma'lumotlarga asosan ötkazilgan tadbir davomida viloyatning çegaraoldi hududidan “Çust-Buvayda” yönalişida harakatlanayotgan “Porter” hamda “Kobalt” rusumli avtomaşinalar kuzatuvga olingan. Avtoulovlar Buvayda tumanidagi xonadonlarning biriga kirgan vaqtida töxtatiş çoralari körilgan paytda avtomaşina haydovçilari voqea joyidan qoçib yaşiringan.
Uşbu avtoulovlar xonadon egasi E.D. va xolislar iştirokida közdan keçirilganida “Porter” avtomaşinasi yukxonasida qiymati 165 million sömlik 99 dona hamda “Kobalt” avtomaşinasida 44 million sömlik 26 dona televizor borligi aniqlangan.
Şu bilan birga, uşbu avtomaşinalar kirib töxtagan xonadonda ham qiymati 196 million sömlik 126 dona televizor saqlanayotgani aniqlangan.
Ötkazilgan tezkor tadbir davomida dastlabki qiymati 404 million sömlik jami 241 dona xorijda işlab çiqarilgan, bojxona rasmiylaştiruvidan ötganini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan hamda tegişli markirovka bilan markirovkalanmagan televizorlar borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, “Loğon — Marğilon” yönalişida 121 million sömlik oyoq kiyimlarning noqonuniy olib kirilişiga çek qöyilgani haqida xabar berilgan edi.
















