Toşkent viloyati Bekobod şahrida giyohvand modda sotayotgan şaxs qölga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Toşkent viloyati IIBB Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş bölimi va Bekobod şahar IIB tezkor xodimlari tomonidan ötkazilgan tadbirda opiy giyohvand moddasini 1200 AQŞ dollariga sotayotgan 28 yoşli S.I. aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, 1993 yilda tuğilgan S.I. tanişi «O» ismli şaxs tomonidan berilgan opiy giyohvandlik vositasini xaridorga 1200 dollar evaziga sotib, kelişilgan pulni olayotgan vaqtida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Bekobod şahar IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan S.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoiy iş qözğatilgan. S.I. Jinoyat-protsessual kodeksning tegişli moddasi bilan ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.