Bunday tezkorlik bank-moliya sohasi faollarini xavotirga tuşirdi. Kun.uz buning sababi va qonunçilikda aslida nima özgarganini örgandi.
Ma'lum bölişiça, bu qonun jamoatçilik vakillarida taşviş uyğotişiga bir neça sabablar bor.
Birinçidan, bank sirlariga oid qonunçilikka favqulodda tezlik bilan va közdan panada özgarişlar kiritildi. Jamoatçilik qonun Senatga kelib tuşgandagina bundan xabar topdi.
Ikkinçidan, na qonun taşabbuskorlari va na Markaziy bank qonundagi özgarişlar mohiyati haqida yetarliça aniq va tuşunarli ma'lumot bermadi.
Uçinçidan, bu özgariş nima uçun kerakligi haqida batafsil ma'lumotlar yöq. Bank sirlari daxlsizligi xavf ostida qolişi böyiça xavotirlarga nisbatan asosli bayonotlar yangramadi.
“Banklar kerak emasmi?” — jamoatçilik xavotiri
Bank-moliya sohasining qator vakillari bank siriga oid ma'lumotlar prokuratura va tergov organlariga avtomatik taqdim etilişi ortidan “Bank siri töğrisida”gi qonun mazmun-mohiyatini yöqotayotganidan xadik bildirdi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi mazkur qonun loyihasini bir kunda uç marta öqişdan ötkazişga ulgurgan. Bu haqda Twitter'da berilgan savollarga javoban parlament deputati Doniyor Ğaniyev ma'lum qildi:
— “Bank siri töğrisida”gi qonunga özgartişlar kiritilmoqda. Qaçon ulgurdinglar?
— Seşanba kungi yiğilişda birdaniga 3ta öqişda ma'qullab yubordik. Bilasku, ba'zi qonunlarni qabul qilişda ilhomimiz kelib, tez işlavoramiz)))
Buni haligaça tuşunmasdan, qonunni 2-öqişdayoq qabul qilişga şoşmaylik degan men baloga qoldim har doimgidek)))
— Ya'ni “sroçno” olib kelingan proyektni uç marta öqişga ulgurdinglarmi?
— Mas'ul qömita aytişiça, qonun loyihasi işçi guruhlarda çuqur örganilgan ekan va xavotirga örin yöq emiş)))
Qanaqa özgariş böldi özi?

















