Ijtimoiy tarmoqda Nukusdagi xususiy hayvonot boğida ayiq suvsiz qoldirilib, tahqirlangani aks etgan videolar tarqaldi. 

Kun.uz muxbiri vaziyatni örganiş uçun Nukusdagi hayvonot boğiga bordi.

Boğga karantin boşlangandan beri odam kirmay qöygan. Boğning çekkasidagi joyda ayiq saqlanadigan qafas joylaşgan ekan. Biz içkariga kirib, holat aslida qanday bölganligi haqida hayvonot boği egasi Islom Qurboniyozovdan söradik.

Uning aytişiça, hayvonot boği Kovid-19 pandemiyasi tufayli bir yarim yildan beri işlamayapti. 

«Ayiq heç qaçon suvsiz qoldirilmagan. Muntazam qarab boramiz. Har kunlik ovqatlari berib boriladi. Videolarda bu boşqaçaroq köringan. Issiqda ayiqqa suv bersak şunday taşlanadi. U yungli hayvon. Tuşuning, Nukusda yoz juda issiq. Qişda esa izğirin», - deya vaziyatni bizga tuşuntirgan böldi hayvonot boğining egasi.

Hayvonot boği 2017 yilda oçilgan. Zoopark xususiy bölib, kiriş bolalar uçun 3 ming söm. Kattalar uçun esa 5 ming söm qilib belgilangan. 

Hayvonot boği karantin sabab yopilişidan oldin unda 50ga yaqin hayvon turi bor edi. Hozirga kelib 17 xil hayvon qolgan.

«Karantinda juda qiynaldik. Zotdor eçki, quyon va şunga öxşaş hayvonlarni ayiq, şer va börilarga yem qilişga majbur böldik. 150 boşga yaqin zotdor eçkilarim bor edi. Hozir körib turganingizdek, 10 taça qolgan. 100dan ziyod nasldor quyonlarim bor edi. Hozir esa 10 taçayam çiqmaydi. Bir yarim yil heç qanday kirimsiz bu hayvonlarni boqişning özi bölmadi. Hozir ham qiyin. 

Keça Ekoqömdan ham kelib ketişdi. Töğri kamçiliklarimiz bor, tan olaman.

Karantinda şu jonvorlarning ovqati uçun köçaga maşinada çiqişim kerak edi. Qoraqalpoğistondagi heç bir taşkilot bitta stiker muammosini hal qilib bera olmadi. Bormagan taşkilotim qolmadi, öşanda. 

Keyin majbur eçki, quyonlarni göştxörlarga berdik. Ular tez köpayib örni töladi, ammo ayiq va şerlarimni yöqotsam keyin topiş qiyin. Ahvol şunday qolaversa butunlay yopilib ketişimiz ham mumkin», - dedi Islom Qurboniyozov.