Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyati Çinoz tumanida ğalladan böşagan yer maydonlari yoqib yuborilgani haqida videolavha tarqatildi. Holat yuzasidan Davlat ekologiya qömitasi munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinişiça, Toşkent viloyati Çinoz tumani Oxunboboyev hududidagi M-39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yöli yoqasida joylaşgan «Agrokimyo» fermer xöjaligi hududiga qaraşli ğalladan böşagan 2 gektar dala maydonidagi somon poyalari yoqib yuborilgan.

Somonlarning yonişi jarayonida atmosferaga çiqarilgan zararli moddalar böyiça tabiatga yetkazilgan zararning umumiy miqdori 3,6 million sömni taşkil etgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan fermer xöjaligi rahbariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan BHMning 5 barobari (1 million 225 ming söm) miqdorida ma'muriy iş qözğatilgan.

«Fursatdan foydalanib, barça fermer xöjaliklari rahbarlarini hosili örib olingan dala maydonlaridagi ösimlik qoldiqlarini yoqiş böyiça qonunçilikda qat'iy çoralar belgilanganligi haqida ogohlantiramiz!» deyiladi munosabatda.