Arabiston yarimoroli yaqinida Isroilning yuk kemasi raketalar bilan öqqa tutildi. Hujum oqibatida kema ekipajiga zarar yetmagan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Ta'kidlanişiça, qisman Isroilga tegişli yuk kemasi Saudiya Arabistonining Jidda şahridan BAAga yöl olayoganda hujumga uçragan. Ayni vaqtda Isroil mudofaa vazirligi uşbu hujum ortida Eron kuçlari turgani yoki yöqligini tekşirmoqda.    

“Ekipajga şikast yetmagan, kemaning öziga esa raketa tekkan, biroq unga jiddiy zarar yetmagan va u voqeadan keyin yölini davom ettirgan”, deb ma'lum qilingan xabarda.

Kema öz yönalişining qaysi nuqtasida hujumga uçragani ma'lum qilinmagan.

Kemalar harakatlanişi ortidan kuzatuvçi tizim ma'lumotlariga köra, konteynerovoz Liberiya bayroği ostida suzgan. U oxirgi marta Jiddada töxtagan, hozirda esa Dubay yaqinida qolmoqda.