Jahon | 13:36 / 05.07.2021
27463
2 daqiqa o‘qiladi

«Oskar» mukofoti sohibi Vladimir Menshov vafot etdi

Rossiyalik taniqli kinoijodkor, rejissyor va aktyor Vladimir Menshov 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Mosfilm» xabar berdi.

26 iyun kuni ijodkor koronavirus bilan og‘rigani ma'lum bo‘lgan va u aynan shu kasallik asoratlari oqibatida vafot etgani aytilmoqda.

Menshovga «Moskva ko‘zyoshlarga ishonmaydi» filmi shuhrat keltirgan. Uning rejissyorligidagi ushbu film 1981 yil AQSh kinoakademiyasining «Oskar» mukofotiga loyiq ko‘rilgan. Kartina o‘sha yili xorijiy tildagi eng yaxshi film nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.

Menshov aktyorlik faoliyatida «Nofelet qayerda?», «Nochnoy dozor», «Dnevnoy dozor», «Brejnev», «17-raqamli afsona» kabi yuzlab filmlarda rol ijro etgan. U o‘zbek kinosida ham ko‘rinish bergan va Zulfiqor Musoqovning «Abdullajon» filmida general Naxlobuchko obrazini ijro etgan.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid