Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanida tuman hokimligi zaxirasidagi yerni sotmoqçi bölgan şaxs uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Jarqörğon tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, 25 sotix yerni sotmoqçi bölgan N.M. uşlangan.
U noqonuniy daromad orttiriş maqsadida aslida tuman hokimligi zaxirasida bölgan 25 sotix yerni fuqaro A.ga firibgarlik yöli bilan sotişni rejalaştirib, tuman kadastr va davlat xizmatlari markazida işlovçi tanişlari orqali hujjatlarni tayyorlab beriş evaziga 70 million sömni olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Surxondaryoda 50 sotix yerni 150 million sömga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi
Jarqörğon tuman quriliş bölimi sobiq rahbari yer sotişda ayblanmoqda













