“Vodil-Marğilon” yönalişida “Porter” avtomaşinasida 120 million sömlik qölqoplar töxtatib qolindi. Bu haqda viloyat bojxona boşqarmasi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

Qayd etilişiça, Farğona viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari tomonidan oldindan olingan ma'lumotlar asosida tezkor tadbir ötkazilgan. 

Tadbir davomida “Vodil-Marğilon” yönalişida harakatlanayotgan fuqaro N.A. boşqaruvidagi “Porter” rusumli avtomaşina kuzatuvga olinib Marğilon şahri hududida töxtatilib xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Şunda uning yukxonasida xorijda işlab çiqarilgan va bojxona rasmiylaştiruvidan ötganini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan, qiymati 120 million sömlik jami 48 000 dona quriliş qölqopi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, “Çust-Buvayda” yönalişida 404 million sömlik televizorlarning noqonuniy aylanmasiga çek qöyilgani haqida xabar berilgan edi.