“Rossiyaning Yekaterinburg şahrida “Innoprom” xalqaro sanoat körgazmasi iş boşladi. “Yekaterinburg-Ekspo” körgazmalar majmuasida taşkil etilgan hamda 8 iyulgaça davom etadigan tadbirda Farğona viloyati ham öz stendi bilan iştirok etmoqda", - deya xabar qilmoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Qayd etilişiça, Viloyat hokimining örinbosari – viloyat investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği Iqboljon Ergaşev boşçiligidagi delegatsiya körgazma işida qatnaşiş hamda 4 kun davomida taşkil etiladigan konferensiya va seminarlarda iştirok etiş, iştirokçi mamlakatlar hududlari bilan töğridan töğri hamkorlik aloqalarini örnatiş uçun Yekaterinburgda bölib turibdi.

“Moslaşuvçan işlab çiqariş” şiori ostida bölib ötayotgan körgazmaning oçiliş marosimiga Rossiya Boş vaziri Mixail Mişustin taşrif buyurgan.
Rossiya, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Vengriya, Belorus kabi mamlakatlarning ilğor sanoat korxonalari iştirok etayotgan körgazma 40 ming kvadrat metr maydonda taşkil etilgan.

Avvalroq, Farğona viloyati delegatsiyasining Qirğizistonning Norin viloyatiga taşrifi doirasida 3,48 mln dollarlik eksport şartnomalari imzolangani haqida xabar berilgan edi.
















