8 iyulga ötar keçasi AQŞning Iroqdagi harbiy bazalariga raketa va uçuvçisiz havo hujumlari uyuştirilganidan söng, Bağdoddagi AQŞ elçixonasi oldiga ham uçta raketa qulab tuşgan.
Mahalliy xavfsizlik xizmatlari ma'lumotlariga köra, Amerika elçixonasiga ziyon yetmagan, yaqin atrofdagi obektlarga yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Hozirça heç bir guruh raketa zarbasi uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmadi. Avvalgi köplab bunday hodisalarda AQŞ «Iroq xalqining safarbarlik kuçlari» («Haşd aş-Şaabi») tarkibida faoliyat yuritayotgan Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan qurolli şaxslarni ayblagan.
Avvalroq Al Hadath telekanali öz manbalariga tayanib Bağdod markazidagi «yaşil hudud»ga raketa zarbalari berilgani töğrisida xabar qilgandi.
Duşanba kuni xalqaro koalitsiyaning Anbar viloyatidagi Ayn-al-Asad harbiy bazasi öqqa tutilgandi.

















