“Farğona” çegara bojxona postidan ötgan yölovçida deklaratsiyada körsatilmagan 25 800 AQŞ dollari borligi aniqlandi. Bu haqda viloyat bojxona boşqarmasi axborot bölimi xabar bermoqda.
Qayd qilinişiça, Farğona viloyati bojxona boşqarmasi “Farğona” çegara bojxona posti xodimlari tomonidan Özbekistondan qöşni respublikaga harakatlanayotgan fuqaro D.S. boşqaruvidagi “Tracker” rusumli avtotransport vositasi töxtatilib, belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazilgan.
Tekşiruv natijasida avtomaşina old örindiğining orqa çöntagida bojxona nazoratidan yaşirilgan, bojxona xodimining oğzaki sörovida ma'lum qilinmagan hamda yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan jami 25 800 AQŞ dollari borligi aniqlangan.
Hozirda bojxona organlari tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq “Vodil-Marğilon” yönalişida tegişli hujjatlarsiz 30 mln sömdan ortiq maişiy texnikalar va oyoq kiyim mahsulotlari töxtatib qolingani haqida xabar berilgan edi.
















