Samarqand viloyatida joriy yilda yöl-transport hodisalari soni 42,9 foizga, ular bilan boğliq ölim holatlari esa 32,4 foizga oşgan. Bu haqda bugun, 16 iyun kuni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov iştirokida ötkazilgan yiğilişda ma'lum qilingan.
Qayd etilişiça, joriy yilning 5 oyi davomida viloyat hududida yöl-transport hodisalari soni 2020 yilning şu davriga nisbatan 42,9 foizga yoki 93 taga (217/310) oşgan. Ölim bilan boğliq yöl-transport hodisalari 32,4 foizga yoki 23 taga (71/94) köpaygan. Joriy yilda sodir bölgan ölim bilan boğliq 94 ta (7 tasi mast holatda) yöl-transport hodisalari oqibatida 105 nafar (ötgan yil 98 nafar) şaxs halok bölgan. Ulardan 9 nafarini (ötgan yil 9 nafar) voyaga yetmaganlar taşkil etgan.
Bundan taşqari, joriy yilda viloyatda 2307 ta jinoyat sodir etilgan. Jinoyatlarning 56,2 foizini (1297 tasini) aynan oldi olinişi lozim bölgan 12 ta turdagi qotillik, tan jarohati yetkaziş, nomusga tegiş, bosqinçilik, talonçilik, öğrilik, firibgarlik, bezorilik va yöl transport hodisalari jinoyatlari taşkil etgan.
Ta'kidlanişiça, viloyatning 8 ta tumani: Toyloq, Jomboy, Qöşrabot, Narpay, Payariq, Bulunğur, Past Darğom va Paxtaçi tumanlarida jinoyat sodir etilişi salmoği yuqoriligiça qolmoqda.
Yiğilişda viloyat hokimi tomonidan «Temir daftar», «Ayollar» va «Yoşlar» daftarlaridagi ehtiyojmand aholini qöllab-quvvatlaş, oğir ijtimoiy ahvolga tuşib qolgan ayollar, işsiz yoşlarning muammolarini hal etiş işlari ayrim sektor rahbarlari, mahalla raislari hamda profilaktika inspektorlari tomonidan hanuzgaça töğri yölga qöyilmagani oqibatida mazkur toifadagi şaxslar tomonidan öta oğir jinoyatlar sodir etiliş holatlari kuzatilayotgani keskin tanqid qilingan.
Bundan taşqari, yiğilişda viloyat huquqni muhofaza qiluvçi organlarida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etiş masalalari ham tanqidiy muhokama qilingan.

















