Suhbatdoş 1984 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 2009 yilda Turkiyaga kelgan. Istanbulda hozir tarjimonlik va biznes bilan şuğullanadi.

Men ham uy işlaridan boşlaganman

Turkiyada özbek ayollari asosan uy işlarida işlaşadi. Bola boqiş, qariyaga qaraş kabi. Pandemiya sabab bu kabi işlar va çet elliklarni işga oliş kamaydi. Çunki hamma özidan qörqyapti. Özbek ayollari asosan uy işlarida işlaydi. Bunga ham juda katta sabr kerak. Buni işlaganlar biladi. Köpçilik Rossiyada işlab kelib, bu yerda ham işlab keta olaman deb öylaydi. Lekin bu notöğri. U yerda mustaqil işlaş mumkin, ya'ni işga borib qaytib keladi. Istanbulda unday emas. 24 soat bir oilada qoliş va yaşaş kerak. Har bir oila a'zosiga moslaşiş talab qilinadi. Yangi kelinlikdek gap. Lekin undan ham qiyinroq.

Çunki biz tanimagan muhit, madaniyat, til. Köpçilik bu yerga til bilib kelmaydi. Ya'ni ayollarning köpçiligi til bilmay keladi va qiynaladi. 3 oy moslaşişga va til örganişga ketadi. 6 oyda moslaşib ketasizlar deyman. Lekin mablaği bor inson bu yerga kelib ança-munça biznes qilsa böladi. Köpçilik tijorat – kiyim-keçak sotiş bilan bilan şuğullanadi. Men uy işlaridan boşlaganman. 24 soat işlardim. Haftada bir kun dam oliş bölardi. Lekin hozirgaça öşa oilalar bilan bordi-keldi qilib turaman.

Heç kim öz-özidan çet elga çiqib ketmaydi

Illat izlaganga illatdir dunyo, hikmat izlaganga hikmatdir dunyo deydilar. Niyatni boşidan yaxşi qilib, halol pul topaman deb harakat qilsa hammasi yaxşi böladi. Heç kim öz-özidan çet elga çiqib ketmaydi, asosan qiyinçilik sabab çetga çiqib işlaydi. Bundan keyin kamaysin, hamma oilasining yonida bölsin. Ayniqsa, ayollar. Farzandlarini taşlab ketmasin. Bu juda qiyin. Yölidan adaşganlar ham uçrab turadi.

Lekin ular sabab halol işlab pul topayotganlarni ham yomon otliq qiliş kerak emas. Hammani bir insonga qiyoslaş xato. Men ham Turkiyaga ketyapman deganimda, nima qilasan u yerda deb boşqaça qaraşgan. Hozir ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarim bor, kuzatişadi. Havas qiladiganlar ham, qoralaydiganlar ham bor.

Sifat insonning qandayligini ham körsatadi