37-yillar. Qatliom yillari...
Yer yuzining oltidan bir qismida, jumladan, Özbekistonda Iosif Stalin va uning kallakesarlari tomonidan “qizil qirğin” amalga oşirilayotgan, ölim tegirmoni qançadan qança begunoh insonlar qismatini yetti yamlab, bir yutayotgan damlar...
Davrning şafqatsiz “ölim maşinasi” bor-yöği 24 bahorni qarşilagan, benazir şoir Usmon Nosir taqdirini ham çetlab ötmadi.
U “xalq duşmani” tamğasi bilan olis ölkalarga surgun qilindi va Zlatoussk qamoği, Vladivostok, Magadan, Mariinsk kabi lagerlarda guldek umri xazon böldi...
Xöş, özbek Puşkini deb nom olgan, juda yoş bölişiga qaramay, adabiyotga böronday kirib kelib, unça-munça şe’riy uslub va ijodni tös-tös qilib yuborgan şoirning ijodi va ayançli qismati haqida nimalar ma’lum?
- Usmon Nosirni badnom qilgan kimsalar kim edi?
- Yozuvçilar uyuşmasida “işi” muhokama qilinganda Usmon Nosir nima uçun öz “aybi”ni böyniga olgandi?
- Uni qamoqqa olib ketişayotganda: “Usmonjon, bolam, ayang ölsin!.. Bizni kimlarga taşlab ketyapsan?!” deb faryod qilgan onasiga Usmon Nosir nima uçun “Ölsang ölaver!..” deb aytgandi?
- Xolambibi aya nima uçun farzandi Usmon Nosirning uydagi jamiki qoğoz-kitoblarini yiğib, pistafuruşga topşiradi?
- “Aya, heç uyalma, qarz uziladigan narsa. Hali vaqt keladiki, mening öligim ham seni boqadi!” – Usmon Nosir bu gapni qaçon va qanday munosabat bilan aytgandi?
- “...Nahotki, butun Özbekistonda meni bu yerlardan olib ketadigan biror döst, yor-u birodar topilmasa?.. Toşkentga borsam, umrim qamoqda ötsa ham mayli edi...” – Usmon Nosirning bu alamli nidosiga kimlar qanday munosabat bildirgandi?
- “Usmon oğir dardga mubtalo böldi; uning sovuq urgan qöl-oyoqlarini kesib taşlaşdi, singa kasalidan tişlari tökilib ketdi... Bir burda non yeyişga zor bölib, Magadanda 1952 yili vafot etdi...” – bu gaplarni şoirning onasiga kim aytgandi?
- Kemerovo oblastining mahbuslar uçun ajratilgan joylarida Usmon Nosir hayotining sönggi lahzalarini qanday keçirgandi?
Bu savollarga yuqoridagi videoni tomoşa qiliş orqali javob topişingiz mumkin. Öylaymizki, olovli satrlari bilan avlodlar qalbiga mangu öt yoqib ketgan şoir xotirasini yana bir bor yodga olasiz.











