Hatto rasmiy diniy soha vakillari tomonidan aytilayotgan ayrim fikrlar ham ixtiloflarni keltirib çiqarayotgani – ularga diniy ta'lim beriş huquqini berişga hali erta, degan xulosaga olib kelgan.
Bu haqda jurnalist savoliga javoban 10 iyul kungi matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari Dilşod Eşnayev ma'lum qildi.
“Diniy ta'lim deganda nima nazarda tutiladi? Aynan şu nuqtada köpçilikda tuşunmovçilik kelib çiqadi. Aksariyat aholi xususiy tartibda diniy ta'limga ruxsat berilmaydi deyilganda, keskin muhokamalar bölgan vaqtda ham aytildiki, muayyan bir şaxs özining şaxsiy qaraşidan kelib çiqib, boşqa bir şaxsga diniy ta'lim berişi taqiqlanyapti.
Hozirgi kunda yurtimizda 10ta madrasa va 3ta oliy diniy ta'lim muassasasi mavjud. Bularning heç biri davlatniki emas, barçasi xususiy. Ya'ni birorta diniy ta'lim muassasasi davlatniki hisoblanmaydi.
Diniy ta'lim muassasasini taşkil qiliş huquqi diniy taşkilotning öziga berilgan. Agar islom dini nuqtayi nazaridan qaraganimizda, Musulmonlar idorasi muayyan hududlarda qöşimça diniy ta'lim muassasalari oçiş huquqiga ega. Oxirgi 4 yilda Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi, Samarqandda hadis ilmi maktabi, Surxondaryoda Imom Termiziy madrasasi oçildi. Bundan taşqari maktablar ham oçilyapti; masalan, fiqh maktabi, hadis maktabi, kalom maktabi, tasavvuf maktabi kabi ilmiy maktablar oçildi. Demak, [xususiy] diniy ta'lim mumkin emas deyiş biryoqlama qaraş böladi.
Aholi [xususiy] diniy ta'lim deb qarayotgan narsa – Qur'on örganiş, namoz öqiş va boşqa ibodat bilan, tarbiya bilan boğliq masalalarga qaratilgan. Çunki [“Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida” yangi tahrirdagi] qonun muhokamalarida ham, fuqarolarning murojaatlarida ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham, maktablarda diniy ta'limni kiritiş masalasi kötarilganda ham asosiy söralayotgan masala – yaxşi-yomonni, halol-haromni ajratsin, axloqli bölsin. Lekin diniy ta'lim bu faqat odob-axloq bilan boğliq masala emas. Qonun nuqtayi nazaridan, diniy ta'lim – professional yondaşuv bilan, diniy ta'lim muassasalarida, ma'lum bir konfessiyaning özi töğri deb bilgan bilimlarni beriş jarayonidir.
Şuningdek, madrasa va ma'had domlalariga şunday huquq beriş masalasini kötardingiz. Takror aytaman, rasmiy diniy soha vakillari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda aytilayotgan fikrlar ham juda katta ixtilofga sabab bölyapti.
Masalan, (hozir ismlarini aytmayman), ilmiy jihatdan yaxşi tayyorlangan, masjidda imom bölib işlaydigan yetuk mutaxassisimiz ijtimoiy tarmoqda aytayotgan ma'ruzalarida: “Şialar – adaşgan firqa” deb yubordilar. Juda katta ixtilof böldi.











