Kun.uz saytida xorazmça reyderlik haqida e'lon qilingan videolavhada Urganç tumanida IIB xodimlari va boşqa idoralarning vakillari hokimning topşiriğiga köra fuqaroning 30 tonna buğdoyini tortib olgani, fuqarolar esa öz navbatida xususiy mulkini himoya qiliş maqsadida ularga qarşilik qilgani aks etgandi.

Şundan söng Xorazm viloyati prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha yuzasidan ayni paytda tuman işçi guruhi a'zolari, şuningdek, IIB xodimlari xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş maqsadida Urganç tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilayotgani, viloyat IIB tomonidan videotasvirdagi içki işlar organlari xodimlari harakatlariga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilayotganini ma'lum qildi.

Adliya vazirligi ham joylarda fermerlarning ortiqça buğdoyi tortib olinayotganiga munosabat bildirib, bu işlar amaldagi qonunlarga zid ekani, buning uçun javobgarlik borligini eslatgan edi.

Biroq Islom Rajabovning turmuş örtoği Gulxumor Nazarova tahririyatga murojaat qilib, oradan şunça vaqt ötgan bölsa-da, amalda heç qanday özgariş bölmayotgani, bölayotgan bosimlardan söng insult bölib qolganini ma'lum qildi.

Jabrlanuvçi öz videomurojaatida Özbekiston boş prokurori Niğmatilla Yöldoşevga murojaat qilib, qonunbuzarlarning harakatlariga huquqiy baho berişni söragan.

«Hurmatli boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev!