Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston AQSh afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha murojaat qilmaganini bildirdi
Avvalroq Jo Bayden ma'muriyati Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikistondan Amerika qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilgan 9 ming nafar afg‘onistonlikni o‘z hududlarida joylashtirishini so‘ragani xabar qilingandi.
Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi AQSh Amerika qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilgan afg‘onistonlik qochqinlarni mamlakat hududida joylashtirishni so‘rab murojaat qilmaganini bildirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
"Amerika tomonidan tashqi ishlar vazirligiga rasman bunday murojaat kelib tushmadi", - deyiladi TIV xabarida.
Avvalroq Bloomberg agentligi prezident Jo Bayden ma'muriyati Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikistondan Amerika qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilgan 9 ming nafar afg‘onistonlikni o‘z hududlarida vaqtincha joylashtirishni so‘rab murojaat qilgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Agentlik manbalarining so‘zlariga ko‘ra, afg‘onistonliklarni qabul qilish to‘g‘risidagi kelishuv Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik haqidagi yanada kengroq kelishuvning bir qismi bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
21:02 / 01.03.2026
Afg‘oniston Pokiston bilan to‘qnashuvlar davomida 400 nafardan ortiq harbiylarini yo‘qotdi
21:59 / 28.02.2026
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot o‘tkazdi
21:42 / 27.02.2026