Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyatida voyaga yetmagan farzandini moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlagan 26 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 26 nafar shaxsga nisbatan JKning 122-moddasi (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblov dalolatnomasi bilan mazmunan ko‘rib hal etish uchun sudlarga yuborilgan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi katta surishtiruvchisi Ikromxon Ubaydullayev Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Shuningdek, o‘tkazilgan monitoring davomida Guliston shahrida joylashgan MChJ rahbari o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan 5 ming quti elektron sigaretlarni noqonuniy yo‘l bilan sotib, sudning qonuniy hukmi chiqqunga qadar o‘zlashtirib, talon-toroj qilib yuborganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 1 iyul kuni JKning 167-moddasi 2-qismi a,g bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Mavzuga oid
11:15 / 13.07.2026
Tadbirkorlarni qo‘rqitib pul olgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:56 / 07.07.2026
Jinoyat ishi sudga oshirilganda himoyachining fikri ham ilova qilinishi mumkin
15:32 / 25.05.2026
Toshkentda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga oid jinoyat ishi tugatildi
13:52 / 01.05.2026