“Bu – biz tomonimizdan kötarilayotgan masala emas. “Al-Azhar” majmuasi taklif bilan çiqdi.

Şunday tartibni ular nafaqat Özbekiston bilan, balki boşqa davlatlar bilan ham yölga qöyişgan ekan. Masalan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan muayyan davlat organi yoki öşa davlatdagi elçixona ruxsati bilan “Al-Azhar”ga öqişga qabul qiliş tartibi belgilangan. Bu masala “Al-Azhar” rahbariyatining taklifi bilan kötarildi.

Özbekistonning Misrdagi elçixonasi bergan ma'lumotga köra, juda ham köp voyaga yetmagan, maktab yoşidagi bolalar Misrga borib, turli şubhali markazlarda öqiyotgani aniqlangan. Lekin ular bu davlatga borayotganda “Al-Azhar” kompleksida öqişi haqida hujjat bergan.

Ma'lumki, “Al-Azhar”da öqişga kiriş uçun muayyan imtihon ham mavjud emas, qabul muddati ham çegaralanmagan – yil davomida topşiriş mumkin; qolaversa, davomat ham qat'iy belgilanmagan. Uşbu erkinliklardan ayrim fuqarolar – nafaqat biznikilar, balki boşqa çet et fuqarolari ham – Misrda qoliş uçun vizani qonuniylaştiriş vositasi sifatida foydalana boşlagan.

Tahlillar şuni körsatdiki, elçixonamiz suriştirganda Özbekiston böyiça faqat 40 nafar talaba “Al-Azhar”da rasman öqir ekan. Qolgan mingdan oşiq fuqarolar nomiga “Al-Azhar”da öqiş uçun viza olgan, aslida esa turli xil öquv markazlarida öqiydi.

Boya aytib ötganimizdek, turli xil yot diniy qaraşlar va boşqaça talqin qilişlarning oldini oliş maqsadida “Al-Azhar” majmuasi uşbu tartibni joriy qiliş böyiça taklif bilan çiqdi. Biz Taşqi işlar vazirligi orqali kelib tuşgan uşbu taklifni joriy qildik.

Bir narsani töğri tuşuniş kerakki, bu – Din işlari böyiça qömitaning qandaydir çeklovi emas.

Joriy yil uçun 15 iyulgaça hujjatlarni yuboriş belgilandi. Hozirgaça 83 nafar fuqaro murojaat qilgan bölsa, ularning barçasiga ijobiy yöllanma xatlari beriladi. Fuqarolar röyxati “Al-Azhar”ga hamda Özbekistonning Misrdagi elçixonasiga taqdim qilinadi. Bu vizani örnatilgan tartibda oliş uçun xizmat qiladi.

Bu yerda bitta asosiy çeklov qöyildi, ya'ni 18 yoşga tölmagan fuqarolarga ruxsat berilmaydi. Çunki Özbekistonda majburiy umumiy örta ta'lim oliş kerak. 18 yoşga tölganidan keyin hujjatlarini topşiradi, bu asosida davlat uşbu fuqarolar Misrda ta'lim olişiga heç qanday e'tirozi yöqligini tasdiqlab beradi.

Bu kabi tartib faqat Misr emas, Saudiya Arabistoni bilan ham xuddi şunday kelişuvimiz bor. Har yili Saudiya universitetlariga qabul qilingan fuqarolarimiz böyiça Oliy ta'lim vazirligi va Din işlari böyiça qömitaga Taşqi işlar vazirligi orqali xat yuborişadi, unda özbekistonlik fuqaro öqişga qabul qilinsa, bunga e'tiroz bor-yöqligi söraladi. Ya'ni boşqa mamlakatlar böyiça ham şu tizim bor”, – deya Dilşod Eşnayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.