Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qohirada Misr boş imomi, «Al-Azhar» majmuasi rahbari şayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uçraşdi.

«Şayx hazratlariga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdim.

Özbekiston bilan Misr örtasida ma’naviyat va fan-ta’lim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalari yuzasidan fikr almaşdik. Ma’rifatli islom ğoyalarini tarğib etiş va yoşlarni radikallaşuvdan himoya qilişda yaqindan hamkorlik qiliş muhimligi qayd etildi.

Qöşma dasturlar, akademik almaşinuvlar va qölyozmalarni örganişni kengaytiriş borasida özaro manfaatdorlik bildirildi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.