“Oçiq budjet” portali nima uçun kerak?
Kunlik mahalliy xabarlarning aksariyati tuman va şaharlarda uçrayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammo va kamçiliklar bilan boğliq: yöl, suv, elektr, ta’mirga muhtoj obektlar va hokazo.
Mutasaddilar har bir mahallaga e’tibor bera olmagani yoki budjet pullari hisobli bölgani sababli mamlakatda köplab muammolar yeçilmay keladi. Ammo ma’lum platforma orqali odamlar dardi eşitilsa, ular uçun oğir masala zarurlik darajasiga qarab yeçim topsa, bu yaxşi. Ayniqsa, mahalliy budjetning bir qismi fuqarolar istagiga köra işlatilsa, köpçilikka yengillik yaratilişi mumkin.
Moliya vazirligi “Oçiq budjet” portalining (www.openbudget.uz/) taşkil etilişidan maqsad bevosita fuqarolar taşabbus va talablarini inobatga olgan holda kamçiliklarni bartaraf etiş ekanini urğulaydi.
Bu tizim haqida ma’lumot berilarkan, fuqarolar istiqomat qiladigan tuman yoki şaharda aynan ularni qiynab kelayotgan, yeçimi mablağ bilan boğliq muammolar hal etilişida kömakçi portalligi ta’kidlanyapti.

Taşabbus bildiring va taşabbuslarga ovoz bering
Taşabbusli budjet jarayonida iştirok etgan holda hudud ahli öz takliflarini bildirişi yoki ehtiyojlarini aks ettirgan boşqa takliflarga ovoz berişi mumkin. Bu jarayon onlayn tarzda amalga oşiriladi.
Iştirokçi portalda röyxatdan ötgaç, bir neça yönalişlardagi masalalarda taklif va talablarini qoldira oladi.
Masalan, hududdagi içimlik suvi ta’minoti, yoritiş tizimi bilan boğliq kamçiliklar, yaroqsiz holatga kelib qolgan içki yöllar yoki ijtimoiy soha obektlarini ta’mirlaş, jihozlaş hamda moddiy-texnik bazasini yaxşilaş böyiça taklif kiritiş imkoni bor.
Bitta tuman yoki şaharga qança pul ajratiladi?
“Oçiq budjet” portali 2018 yildagi prezident qarori bilan taşkil etilgan bölib, şu paytga qadar har bir tuman yoki şaharga hudud aholisi taklif qilgan muammolar yeçimi uçun mahalliy budjetning qöşimça daromadlaridan 10 foiz miqdorida mablağ ajratilgan.












