Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani bugun Toşkentga amaliy taşrif bilan keldi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.
Afğoniston rahbari 15-16 iyul kunlari Toşkentda bölib ötadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy özaro boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasida iştirok etadi.
Konferensiyada qatnaşiş uçun Pokiston boş vaziri Imron Xon ham Toşkentga kelişi kutilmoqda. Şuningdek, Yevropa ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Jozep Borrel, 20dan ziyod mamlakat taşqi işlar vazirlari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar rahbarlari konferensiyada iştirok etişi kutilmoqda. Iştirokçilarning umumiy soni 600dan ortiq.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev konferensiya doirasida Afğoniston va Pokiston rahbarlari, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Bangladeş, Markaziy Osiyo davlatlari va boşqa mamlakatlar taşqi işlar vazirlari, şuningdek, AQŞ prezidentining Içki xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Elizabet Şervud-Rendall va Yevropa Ittifoqi taşqi siyosiy idorasi rahbari Jozep Borrel bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazişi rejalaştirilgan.


















